+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etdi.

14.09.2021 2411

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasida Yuristlar malakasini oshirish markazi ham faol ishtirok etib, oʻz hissasini qoʻshmoqda.  Ushbu aksiyadan koʻzlangan asosiy maqsad donorlikni rivojlantirish va ragʻbatlantirishdir.  Aksiyada ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan va donorlik qila oladigan xodimlar roʻyxati shakllantirildi hamda ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Aksiyada Yuristlar malakasini oshirish markazida faoliyat yurituvchi professor-oʻqituvchilar va masʼul xodimlar koʻngilli ravishda ishtirok etib, qon topshirishdi.