+998 71 200 02 35

Yuksak ilmiy unvon muborak bo'lsin!!!

31.08.2021 2575

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi mudiri TOSHEV BOBOKUL NORKOBILOVICH “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi boʻyicha Oliy attestatsiya komiisiyasining qaroriga koʻra professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.

2017-yilda “Shuhrat” medali, 2018-yilda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi gʻolibi, 2019-yilda Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda “Huquqiy targʻibotdagi fidoyiligi uchun” nominatsiyasi gʻolibi, 2020-yilda Adliya vazirligining “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.“Notiqlik sanʼati akademiyasi” nodavlat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan “Aholining keng qatlamlariga yuridik targʻibotni sodda va tushunarli tilda yetkazib berishdagi faolligi uchun” nominatsiyasi gʻolibi, 2021-yilda Oliy sud va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida oʻtkazilgan “Adolat– qonun ustuvorligida” tanlovi gʻolibi boʻlgan B.N.Toshev tomonidan 150 ga yaqin ilmiy ishlar ish  chop etilgan.

Markaz jamoasi, domla Toshev Boboqul akani yuksak unvon bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilab qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil  31-iyuldagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi  Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri RAXMANOV SHUXRAT NAIMOVICH ga “Halqaro huquq” ixtisosligi  bo‘yicha dosent ilmiy unvoni berildi.

Markaz jamoasi  Shuxrat Naimovich Raxmanovni bunday yuksak ilmiy yutuqqa erishganligi bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatlariga muvafaqqiyat tilaymiz.