+998 71 200 02 35

Malakali sudya ishtirokida oʻquv kurslari tashkil etildi

08.10.2021 2266

Markazning malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun  Sudʼyalar Oliy Kengashi aʼzosi yu.f.d., dotsent  Qalandarova Malika Pirnazarovna ishtirokida “Iqtisodiy sudlarga murojaat qilishning protsessual asoslari” mavzusida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur oʻquv jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan soʻnggi oʻzgartish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyati va ularni amaliyotda qoʻllash tartibi,  iqtisodiy sudlarda sugʻurta munosabatlari boʻyicha yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqishning oʻziga xos jihatlari va kredit qarzdorliklarini sugʻurta kompaniyalaridan undirish tartibi hamda kredit qarzdorliklarini sud buyrugʻi va daʼvo tartibida undirish amaliyoti va vujudga kelayotgan muammolar haqida atroflicha maʼlumot berildi. 

Tinglovchilar iqtisodiy sud faolyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan  savollarga javob oldilar.