+998 71 200 02 35

MALAKA OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA SEMINAR OʻTKAZILDI.

28.09.2021 2332

Yuristlar malakasini oshirish markazida 2021-yil 28-sentyabr kuni "Kadrlar malakasini oshirish: mavjud muammo va kamchiliklar hamda takomillashtirish istiqbollari” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda hududiy adliya organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi, Advokatlar palatasi, Intellektual mulk agentligi, Davlat xizmatlari agentligi va boshqa buyurtmachi tashkilot rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar. 

 

Buyurtmachi tashkilotlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan seminarda yurist kadrlar malakasini oshirishdagi qilingan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Oʻquv jarayonini tashkil etishdagi mavjud kamchiliklar va muammolar, shu jumladan oʻquv dasturlari va standartlarining bugungi zamon talablariga javob berishi masalalari atroflicha muhokama etildi.  

Shuningdek, mazkur tadbirda malaka oshirishning zamonaviy standartlariga mos keluvchi tizimini joriy etishda buyurtmachi tashkilotlar va Yuristlar malakasini oshirish markazining oʻzaro tizimli hamkorligini taʼminlashga kelishib olindi.

Shu bilan birga, tadbirda malaka oshirish boʻyicha oʻquv jarayonlarini yanada takomillashtirish va kelgusida bajariladigan istiqbolli vazifa va rejalar belgilab olindi.

Tadbir davomida buyurtmachilarga yurist kadrlarni oʻqitish boʻyicha Markazda joriy etilgan oʻquv platformalari taqdimot qilindi.