+998 71 200 02 35

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazi va “MINTAQAVIY MULOQOT” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

29.10.2021 2506

Uchrashuv davomida “Mintaqaviy muloqot” XNT (Sloveniya) bosh rahbari Myusha Sever Markazda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv jarayonida Tomonlar yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga, jumladan, joylarda manzilli oʻquv kurslarini tashkil qilish, Markaz professor-oʻqituvchilarining xorijiy davlatlarga stajirovkalarini tashkil etish, advokatlar va mediatorlar uchun seminar-treninglar tashkil qilish, yuridik adabiyotlar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga masʼul boʻlgan xodimlarining malakasini oshirish, chet el ekspertlarini oʻquv jarayonlariga jalb qilish va boshqa qator masalalarda hamkorlikni tashkil qilish boʻyicha kelishib olindi.