+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

29.05.2024 317

Ilmiy kengash yig‘ilishida Markazda 2024-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan majlis yakuniga ko‘ra, Markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida o‘qishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.