+998 71 200 02 35

Yuridik xizmat xodimlaridan tashkil topgan tinglovchilar guruhi uchun malaka oshirish amaliyoti tashkil etiladi

31.05.2024 169

Joriy yilning 31-may-7-iyun kunlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki yuridik xizmat xodimlaridan tashkil topgan tinglovchilar guruhi uchun malaka oshirish amaliyoti tashkil etiladi

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki yuridik xizmat xodimlari uchun stajirovkaning nazariy qismi masofaviy shaklda boshlandi. Stajirovkaning amaliy qismi Turkiya Respublikasida bank hamda moliya tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotini tashkil etishdan maqsad - bank yuridik xizmat xodimlariga asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlar berish hamda ushbu sohaga oid xorij (Turkiya Respublikasi misolida) tajribalarini o‘rgatishdan iborat.