+998 71 200 02 35

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasi oshirilmoqda

26.06.2024 192

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan turli soha vakillari uchun “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” qisqa muddatli o‘quv kurslarimiz bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur o‘quv kursi:

–Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari;

–Kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash;

–Murojaat etuvchilar bilan ishlashning psixologik jihatlari, yuzaga keladigan nizolar va ularni boshqarish;

–Kasbiy faoliyatda murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish borasida foydali bilimlarni shakllantirishga ko‘mak beradi.