+998 71 200 02 35

Bolalar uchun odil sudlov tizimini ixtisoslashtirish masalalari

05.06.2024 169

 

 

Joriy yilning 4-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining "O‘zbekiston tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risidagi" beshinchi ma’ruzasi bo‘yicha yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish borasidagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Tadbir Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani ofisi va UNICEF hamkorlikda butun mamlakatda bolalarga do‘stona odil sudlov tizimini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tarzida tashkil etildi. Tadbirda bolalar uchun odil sudlov tizimi bo'yicha ilg'or xalqaro tajribalarni o'rganish, jumladan, muayyan qonunchilik tizimini takomillashtirish, bolalar uchun ixtisoslashtirilgan adliya tizimlarini yaratishning afzalliklari, bolalarning odil sudlovdan foydalanishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.