+998 71 200 02 35

“Bank sohasini huquqiy ta’minlash: bank-moliya tizimida yuridik xizmatning roli”

21.05.2024 419

Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik xizmat xodimlari uchun tegishli sohalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Barchamizga ma’lum, mamlakatimizda kuchli huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashda yuridik xizmat muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erkin bozor munosabatlarining shakllantirilganligi yuridik xizmat faoliyat ko‘rsatadigan sohalar hamda subyektlar sonining kundan kunga ko‘payib borishiga turtki bermoqda. Bu esa albatta yuridik xizmat sohasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini hamda ularda huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimlarini topishda huquqiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishini talab qiladi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 22-may kuni “Bank sohasini huquqiy ta’minlash: bank-moliya tizimida yuridik xizmatning roli” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Saidov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va Huquqiy xizmatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i I.Joʻrayev, Markaz professor-o‘qituvchilari hamda tijorat banklarining yuridik xizmati raxbar va xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

 

Ilmiy-amaliy konferensiyada faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda aynan bank-moliya sohasida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashda Yuridik departamentning rolini yaxshilash, yuridik xizmatning bank norma ijodkorligi faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi ustidan yuridik xizmatning nazorat faoliyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida banklar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish hamda amaliyotdagi mavjud muammolarga yechim topish, yuridik xizmati xodimlarining malakasini oshirish tizimini yaxshilash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.