+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun tashkil etilgan elektiv seminar-trening oʻz ishini boshladi.

14.09.2022 1376

Mavzu:  “Yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolari bundan mustasno) davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibining oʻziga xos jihatlari” 

Avval xabar berganiizdek, Markaz tomonidan hududiy adliya organlari va muassasalari mas’ul xodimlari uchun faoliyatdagi bir qator tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan elektiv seminar treninglar tashkil etish yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yilning 14-16 sentabr kunlari seminar trening Toshkent shahar adliya  boshqarmasining mas’ul xodimlari uchun boshlandi.

Oʻquv jarayonida tinglovchilar yuridik shaxs tushunchasi va turlari, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi, yuridik shaxslarni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda qayta tashkil etish tartibi, yuridik shaxslarni ixtiyoriy, majburiy  va bankrotlik asosida tugatish tartibi bilan bir qatorda yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va tugatishga oid masalalarda sudda ishtirok etish va sud qarorlarini ijro etish tartiblari boʻyicha keng bilimga ega boʻladilar.

O‘quv kursimiz uch kunga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Markazning malakali professor-o‘qituvchilari bilan birga amaliyotchi yuristlar dars beradi.