+998 71 200 02 35

Xalqaro savdo huquqi boʻyicha oʻquv kursi loyihasi muhokama qilindi

28.03.2022 2171

Yuristlar malakasini oshirish markazida iqtisodiyot, xalqaro savdo, investitsiya sohasida, shuningdek Yevropa va Osiyodagi turli hil rivojlanish loyihalarida koʻp yillik tajribaga ega xalqaro savdo huquqi boʻyicha xalqaro ekspert Kristofer Xartvell hamda Markaz rahbariyati va professor-oʻqituvchilari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida janob Kristofer Xartvell xalqaro savdo huquqi, iqtisod, investitsiya huquqi sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek bu sohadagi Yevropa va Osiyo loyihalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda Markaz mutaxassilariga xalqaro savdo huquqi boʻyicha oʻquv kursini ishlab chiqishda amaliy koʻmak berish, kursni rivojlantirishning texnik jihatlari hamda kelgusida bu borada qilinadigan ishlar muhokama qilindi.