Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun bir qator davlat tashkilotlari va sudlarda amaliy sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Markazda malaka oshirayotgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman filiali mas’ul xodimlari uchun Тoshkent tumanlararo iqtisodiy sudida amaliy sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tinglovchilar tumanlararo iqtisodiy sudda kredit va qarzdorlikni undirish bilan bog'liq nizolarni ko‘rish, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash bo‘yicha sud amaliyoti bilan tanishdilar.