+998 55 518 57 77

“Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

25.06.2026 13

Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda hududiy (saralash) bosqichlarda munosib natija ko‘rsatgan eng faol yosh xodimlar o‘zaro bilim, kasbiy mahorat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va liderlik salohiyatini namoyon etdi.

Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bunday tanlovlar adliya tizimining ertangi rivoji uchun munosib kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.
Natijalar:
1-o‘rin — SULAYMONOV Shuhrat To‘lqin o‘g‘li (Jizzax viloyati)
2-o‘rin — SHOYADBEKOV Shaxbozbek Shuxratbek o‘g‘li ("Adolat" MHAM)
3-o‘rin — YUSUPOVA Faringiz O‘ktam qizi (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti)


Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda adliya tizimida faol, fidoyi va malakali kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.