+998 71 200 02 35

YAPONIYALIK HAMKORLAR BILAN KONSTRUKTIV RUHDA MUZOKARALAR BOʻLIB OʻTDI

28.10.2021 2335

oriy yilning 28-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.

  Mazkur muzokarada Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Sh.Rabiyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sh.Abdullayeva, bosh mutaxassis M.Koluseva hamda Yaponiya instituti tomonidan Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Naito Shintaro, shuningdek, departament xodimlari Xirosi Suda, Kota Kuroki, Xiromi Oikava, Tsukiko Kitanolar ishtirok etishdi.

 Uchrashuv davomida tomonlar Markaz va Institut oʻrtasida 2021-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi doirasida hamkorlikning bir nechta yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

 Ushbu dasturni imzolashdan asosiy maqsad - ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashishdan iborat.

 Tomonlar shuningdek, Markaz va Institut delegatsiyalari uchun oʻzaro tashriflarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Markaz va institut professor-oʻqituvchilarini oʻzaro maʼruzalar tashkil etish jarayoniga jalb qilish, qoʻshma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini oʻtkazish, huquqiy adabiyotlar va boshqa materiallar bilan almashish imkoniyatini yaratish masalalari kelishib olindi.