+998 71 200 02 35

Qadimiy va hamisha navqiron Buxoroga sayohat!

18.10.2021 2229

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, jamoani ragʻbatlantirish hamda jamoaviy ruhni oshirish maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida Markaz xodimlariga Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

Ikki kunlik sayohat davomida xodimlar Buxoroning tarixiy obidalari, boy anʼanaviy merosi hamda bir-biriga qoʻshilib ketgan koʻchalariga tashrif buyurib, Labi hovuz, Minorai kalon, Buxoro zindoni, Yetti pir ziyoratgohi, Shayboniy hukmdorlar maqbaralari, Sitorai Mohi Xossa, Ark va shunga oʻxshash koʻplab tarixiy qadamjolar bilan tanishdilar.

 Markaz xodimlarining maʼnaviyatini oshirish va madaniy xordiq chiqarishini samarali tashkil etish choralarini koʻrishda davom etadi.