+998 71 200 02 35

PARALEL IMPORT TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

15.12.2022 1402

 

ANNOTATSIYA

Maqolada Parallel import tushunchasi, uning afzalliklari va salbiy jihatlari unga bo‘lgan ehtiyojning tug‘ulishi hamda milliy qonunchiligimizda mazkur masalaga doir normalarning mavjudligi borasidagi masalalar yoritib o‘tilgan. 

Kalit so‘zlar: Parallel import, kontrafakt, kulrang tovar, adashtirib yuborish darajasida bir xil, so‘zli tovar belgisi

Parallel import amaliyoti tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi tamoyiliga asoslanadi, mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11071 –moddasida nazarda tutilgan unga ko‘ra bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmasligi belgilab o‘tilgan.

Shu bilan birga ta’kidlash joizki parallel import - bu chet ellik ishlab chiqaruvchining asl tovarini uning roziligisiz mamlakatga olib kirish va sotish. Kontrafakt mahsulot esa, aslida, tovar belgili mahsulotlar sifatida niqoblangan soxta narsalardir. Parallel importda esa biz haqiqiy brend tovarlar haqida so‘z yuritamiz.

Parallel import talab qilinadigan chet el tovarlariga talab pasaymasligi va ularning narxlarini barqarorlashtirish uchun joriy qilinishi ta’kidlanadi.

Masalan, yaqinda HONOR smartfonlari Rossiyaga O‘zbekiston orqali olib kelinishi ma’lum bo‘ldi – bu “parallel import”, chunki ishlab chiqaruvchi kompaniya mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni to‘xtatdi.

Sotuvchilarga ishlab chiqaruvchining ruxsati kerak emas, chunki yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Fuqarolik kodeksining normasiga asosan birinchi xariddan keyin mutloq huquq egalarining ruxsatisiz istalgan joyda sotish mumkinligi anglashilyapti. Shu tarzda yetkazib beriladigan tovarlar “kulrang” deb ataladi, lekin “kontrafakt” emas – ularda barcha litsenziyalar, sifat sertifikatlari bor, bojxona deklaratsiyasidan o‘tadi.

“Paralel import” quyidagicha ishlaydi:

–     huquq egasi qonuniy ravishda istalgan davlatda kompyuter partiyasini muomalaga kiritsa, shu paytdan boshlab uning mahsulotga bo‘lgan mutloq huquqlar tugagan deb hisoblanadi;

–     mahalliy kompaniya ushbu mamlakatga qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirilgan tovarlarni sotib oladi va uni boshqa mamlakatga eksport qiladi;

–     eksport qiluvchi kompyuterlarni bojxonada rasmiylashtiradi, sifati va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi, komplektda faqat huquq egasi tomonidan olib kirishga ruxsatnoma bo‘lmaydi;

–     Mamlakatda kompyuterlar qonuniy ravishda sotiladi.

Shuningdek, “Paralel import”ning ijobiy jihatlari shundaki, mahsulotlar arzonlashadi, tovarlar assortimenti kengayadi, shuningdek, raqobat kuchayadi va bozor monopolizatsiyasidan himoyalanadi.

“Paralel import”ning salbiy jihatlari quyidagilardan iborat:

–     mahsulot sifati ustidan nazoratni susayishi;

–     insofsiz raqobatga imkoniyatlar yaratilishi;

–     sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, parallel import amaliyoti tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqning tugashi tamoyiliga asoslanadi: agar mahsulot bir marta muomalaga chiqarilgan bo‘lsa, huquq egasi keyinchalik u bilan nima sodir bo‘lishini nazorat qilmaydi.

Shuningdek, ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, parallel norasmiy jo‘natmalar, masalan, ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari o‘z tovarlarini faqat rasmiy distribyutorlar va dilerlar orqali tarqatgan hollarda noqonuniy hisoblangan. Ammo endi parallel import majburiy zaruratdir, chunki ko‘plab kompaniyalar ayrim mamlakatlar bozorini tark etgani va iste’iolchilar uchun ularni o‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjud emasligi muammolarni keltirib chiqaradi.

MUROTOV Jurabek Safarovich

Xususiy-huquqiy fanlar

kafedrasi katta o‘qituvchisi

E-mail: jmsafarovich@gmail.com