+998 71 200 02 35

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida — Samarqandga sayohat!

13.10.2025 40

Ichki turizmni rivojlantirish va xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida institut jamoasi azaliy tarix va boy madaniyat maskani bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi kabi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, qadimiy shahar madaniy merosi, hunarmandchiligi va zamonaviy ko‘rinishi ularda katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tashabbuslar xodimlarning dam olishi, jamoaviy birlikni kuchaytirish hamda mamlakatimizning go‘zal maskanlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.