+998 71 200 02 35

MUNOSIB RAGʻBAT - SAMARALI FAOLIYAT

31.08.2022 1601

 2022-yil 1-sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31-yilligi bayrami munosabati bilan, Markazda faoliyat yuritib kelayotgan, samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari hamda yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat va vijdonan bajarayotgan bir qator professor-o'qituvchi va xodimlar “Faxriy yorliq” bilan mukofotlandi hamda faxriylar xizmatini e’tirof etish va munosib taqdirlash maqsadida Markaz faxriylari pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, uzoq yillar Markazda faoliyat yuritgan, fidoyi, vatanparvar, sadoqat va ibrat namunasi boʻlib xizmat qilgan mehnat fahriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, esdalik sovgʻalar bilan muborakbod etdilar.

Mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz.