+998 71 200 02 35

Mediatsiya: tushunchasi, maqsadi va mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati

28.09.2021 2552

Ayni damda  Toshkent shahridagi “Courtyard by Marriott Tashkent” mehmonxonasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar dasturi, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi hamkorligida  “Mediatsiya sohasidagi qonunchilik islohotlarini samarali amalga oshirishdagi muammolar” mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda.

 

Mazkur  davra suhbatida Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, dotsent Maripova Sevaraxon Aripdjanovna moderator sifatida ishtirok etmoqdalar. Ushbu tadbirda “Mediatsiya toʻgʻrisida” gi qonunni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar,  mediatsiya institutining rivojlanish istiqbollari haqida atroflicha munozaralar boʻlib oʻtmoqda.

  Ochiq, samimiy va rasmiyatchilikdan holi tarzda oʻtkazilayotgan davra suhbatida oila va mehnat nizolarida, har qanday darajadagi mulkiy munosabatlarda vujudga keluvchi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda mediatsiya usullarining ahamiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilmoqda.