+998 71 200 02 35

“Konstitutsiyaviy shikoyat institutining nazariy va amaliy masalalari”

15.02.2023 1562

Joriy yilning 15-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Advokatlar palatasi hamkorligida  “Konstitutsiyaviy shikoyat institutining nazariy va amaliy masalalari” mavzusida davra suhbati  oʻtkazildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, joylardagi advokatlik tuzilmalari vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, shuningdek, OAV vakillari  ishtirok etdilar.

Davra suhatida Konstitutsiyaviy sudning fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish  bilan bogʻliq faoliyatiga doir masalalar atroflicha muhokama etildi.  Jumladan, Konstitutsiyaviy sudda fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqishning  protsessual xususiyatlari, advokatlarning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq himoya qilishda oʻrni va roliga oid fikrlar almashildi.