+998 71 200 02 35

IJTIMOIY PSIXOLOGIK TRENING OʻTKAZILDI

07.10.2021 2431

Jamoadagi psixologik vaziyat xodimlarning oʻz  kasbiy burchini samarali bajarishga yoʻnaltiradi. Shu bois, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlarining umumjamoaviy ruhini oshirish  maqsadida malakali psixolog Dilbar Xojimuxamedova ishtirokida amaliy va interaktiv koʻrinishda ijtimoiy psixologik trening oʻtkazildi.

Trening natijasida Markaz xodimlari faoliyatlaridagi munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish borasida psixologik koʻnikmalarni shakllantirdilar.