+998 71 200 02 35

Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami nashr etildi.

27.09.2021 2771

2021-yil  26-avgust kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti  bilan  hamkorlikda  Oʻzbekiston Respublikasi  Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Mustaqil Oʻzbekiston davlatchiligi va huquqiy tizimi: nazariy asoslar va rivojlanish jarayonlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiyada koʻtarilgan mavzular asosida toʻplam tayyorlanib, nashr etildi. Toʻplamga kiritilgan materiallar mustaqillik yillaridagi jarayonlar va qoʻlga kiritilgan  yutuqlar,  davlat  oliy  hokimiyati  organlari  shakllantirilishi va  mustahkamlanishi,  milliy  davlatchilik  va  huquqiy  tizimda  qoʻlga kiritilgan  yutuqlar  hamda  kelgusidagi  istiqbollar,  Yangi  Oʻzbekistonni yanada  rivojlantirish  strategiyasi  yoʻnalishlaridagi  fikr-mulohazalarga bagʻishlangan. 

Toʻplamdagi materiallardan huquqshunoslik  yoʻnalishidagi  oliy  oʻquv  yurtlarining  professor-oʻqituvchilari,  tadqiqotchilar,  magistrantlar  hamda  tinglovchi-talabalar foydalanishlari mumkin.