+998 55 518 57 77

Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

03.07.2026 17

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘quv kursi davomida tinglovchilar adliya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo‘llash, analitik fikrlash, huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yuridik texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, kasbiy etika, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, ijro intizomi hamda stressga bardoshlilik va samarali muloqot ko‘nikmalari bo‘yicha bilim va amaliy tajribalarini mustahkamladilar.

Kurs yakunida tinglovchilarga o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Mazkur o‘quv kursi adliya tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qildi.