+998 71 200 02 35

“Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvi tashkil etildi

17.05.2024 919

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-may kuni Adliya vazirligi rahbariyati va vazirlik tizimidagi yosh xodimlar ishtirokida videokonferens orqali “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvi tashkil etildi.

 

 

Tadbirda yosh mutaxassislarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan iste’dodli va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish, yosh mutaxassislarning yetuk mutaxassis bo‘lishlariga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy muammolarini yechishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashga qodir yoshlarni shakllantirish borasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.