+998 71 200 02 35

Germaniyaning K.Adenauer nomidagi jamgʻarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari

13.04.2022 1976

Yuristlar malakasini oshirish markazida Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmasining mutaxasisslari A.Alikulov va A.Tatibayev hamda Markaz rahbariyati va masʼul hodimlari bilan istiqboldagi hamkorlik masalalarini kelishib olish uchun uchrashuv boʻlib oʻtdi.Maʼlumot uchun: K. Adenauer nomidagi jamgʻarma Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy fondi hisoblanib, jamgʻarma oʻz dasturlari va loyihalari orqali xalqaro hamkorlik va oʻzaro anglashuvga intiladi.

Jamgʻarmaning dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida 70 dan ortiq vakolatxonalari va loyihalari mavjud. Fond loyihalarining asosiy maqsadi - demokratiya, qonun ustuvorligi va ijtimoiy bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qoʻshish hisoblanadi.Markaz K.Adenauer nomidagi jamgʻarma bilan 2018-2019-yillar davomida samarali hamkorlikni olib borgan, xususan 2018-yilning 6-7-noyabr kunlari Xiva shahrida “Sud-huquq sohasidagi islohotlar – Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi bosqich” mavzusidagi xalqaro konferensiya va bir qator boshqa seminar-treninglar tashkil etilgan.