+998 71 200 02 35

Daniel Xassenfeld tomonidan seminar-trening tashkil etildi

30.05.2024 318

Yuristlar malakasini oshirish markazida joriy yilning 27-29-may kunlari xalqaro ekspret (AQSh) Daniel Xassenfeld tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNT ko‘magida Markaz tinglovchilari uchun “Advokatning fuqarolik sud protsessidagi roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari advokat va mijoz o‘rtasida munosabatlarning o‘rnatilishi, da'vo keltirish to‘g‘risidagi qaror, dalillarni taqdim qilish, taqdimnomalar kiritish, sud jarayonlari xususiyatlari va boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi mavzularni muhokama qildilar.