+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida YANGI DASTURLAR asosida tayyorlangan oʻquv kurslariga qabul boshlandi

05.01.2024 519

Malaka oshirish kurslari kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va koʻnikmalarining zamon talablariga javob bera oladigan darajada boʻlishini ta’minlaydi. 

Malaka oshirish va qayta tayyorlash har bir xodimning oʻz mutaxassisligi boʻyicha  yangiliklar bilan tanishish, ularni oʻzlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganishdan iborat ilmiy nazariy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi bir nechta yoʻnalish boʻyicha yangi oʻquv kurslarini taklif etadi. Mashgʻulotlar  oʻz ishining malakali mutaxassilari tomonidan olib boriladi. Kurs yakunida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. 

Kurslarimiz:

  • sayyor (buyurtmachi joylashgan binoda)
  • an’anaviy (Markaz binosida)
  • masofaviy (onlayn) shaklda boʻlib oʻtadi.

Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi. 

Oʻz joyingizni band qilishga shoshiling chunki boʻsh joylar soni kamayib bormoqda.

Kursga yozilish uchun  +99871 234-53-46 murojaat qiling

Oʻquv kurslari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot bilan  veb sayti (https://uzmarkaz.uz/page/oquv-kurslari) orqali tanishishingiz mumkin.