+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda advokatlar uchun seminar-trening oʻtkazildi

15.02.2023 1297

Treningda  advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti boʻyicha tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiyligi hamda advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinganligi boʻyicha maʼlumotlar berildi.