+998 71 200 02 35

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yangi binosini moddiy-texnik ta’minlashning dolzarb masalalari

23.06.2025 65

Bugungi kunda davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida yuritilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalo, malakali va kasbiy jihatdan yetuk yuridik kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy ravishda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitib borishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining faoliyati respublikamizning huquqiy tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida strategik ahamiyat kasb etadi.

2024-yil 24-maydagi  PF-80-sonMamuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishtogrisida farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonOzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash vamalakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish  chora-tadbirlari togrisidagi  qaroriga kora  amalda tarqoq bolgan 4 ta malaka oshirish markazlari negizida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilishi belgilangan edi. Prezidentimizning ushbu Farmoni yuridik sohadagi olib borilayotgan tub ozgarishlarning ham amaldagi mevasi bolib, Institut oldiga bir qancha vazifalarni qoydi. Ilmiy yonalishlar malaka oshirish, qayta tayyorlash yonalishlarini yanada takomillashtirish bilan birgalikda ularning moddiy texnik bazasini yaxshlishash ushbu 4 ta tashkilot tinglovchi va mehnat jamoasi uchun barcha qulayliklarga ega yangi bino bilan taminlash eng asosiy maqsadlardan biri edi.

 Ushbu maqsadni amalga oshirish hamda barchaga manzur boladigan zamonaviy talablarga toliq javob bera oladigan binoni Institutga topshirish nafaqat Farmon ijrosi balki mehnat jamoasi uchun ham juda quvonarli holat boladi desak mubolaga bolmaydi. Ayniqsa yuridik kadrlarning kasbiy salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish uchun nafaqat ilg‘or o‘quv dasturlari va ilmiy-metodik ta’minot, balki zamonaviy moddiy-texnik baza ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero, ta’limning sifatli tashkil etilishi bevosita o‘quv muassasasining infratuzilmasi, texnik vositalar, axborot-resurs markazlari va ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Barchamizga malumki  talim muassasasining moddiy-texnik taminoti nafaqat oquv jarayonini tashkillashtirish, balki oquvchi-shogirdlarning ijtimoiy-psixologik holati, axloqiy qadriyatlari, mustaqil fikrlash va huquqiy madaniyatni shakllantirishga ham bevosita tasir korsatadi. Institutning yangi binosi avvalo, quyidagi asosiy mezonlarga javob berishi lozim deb oylayman. Hamda ushbu qulayliklar Institutning yangi binosida joriy etilayotganligi talimga bolgan etiborning davlat darajasida ekaniga yaqqol misol bola oladi. Yani;

· Pedagogik muhitga moslashuvchanlik - bunda dars mashgulotlarini ananaviy, interaktiv, onlayn va gibrid shakllarda olib borish imkoniyati;

· Texnologik integratsiyalashuv -  o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt vositalari, raqamli platformalar, virtual reallik modullari va o‘quv simulyatorlarini joriy etish;

· Xavfsizlik va qulaylik - bino ichidagi xavfsizlik tizimlari (videokuzatuv, yong‘inga qarshi himoya, kirishni nazorat qilish), ekologik xavfsizlik;

·Tashkiliy funksionallik - keng ilmiy konferensiya zallari, o‘qituvchilar uchun ilmiy ish xonalari, xorijiy mehmonlar uchun qabul markazlari.

Ushbu sanab o‘tilgan sifatlarning barchasi binoda mujassamlashtirilgan bo‘lib bu esa mehnat jamoasi va tinglovchilar uchun juda kata qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari binoda quyidagi Xalqaro standartlarga javob beruvchi auditoriyalar hamda Markazlar tashkil etilmoqda.

Multifunksional auditoriyalar - o‘quv xonalari zamonaviy talablarga javob beruvchi interaktiv doskalar, sensorli proektorlar, akustik tizimlar va videotranslyatsiya uskunalari bilan jihozlanmoqda. Har bir auditoriya individual o‘quv dasturlarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli modulga ega bo‘lib unda professor-o‘qituvchilar o‘z bilimlarini to‘liq raqamlashtirilgan holda tinglovchilarga taqdim eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Axborot-resurs markazi va raqamli kutubxona - yuridik fanlar bo‘yicha fundamental va amaliy adabiyotlar, milliy va xorijiy ma’lumot bazalariga integratsiyalashgan axborot tizimi, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning ilmiy bazasiga integratsiya qilingan kompyuterlar, bir nechta Xalqaro-huquqiy bazalar, elektron huquqiy hujjatlar banki yaratiladi. Ushbu barcha imkoniyatlar asosan tinglovchilarning oson va tez axborotlarni olish hamda elektron kutubxonadan qiynalmay foydalanish imkoniyatini yaratadi.

 Masofaviy ta’lim studiyalari va vebinar markazlari -  videodarslar, vebinarlar, xalqaro onlayn konferensiyalar o‘tkazish imkonini beruvchi studiyalar, yuridik kadrlar uchun masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish infratuzilmasi shakllantiriladi.

Institutda amalga oshirilishi reja qilinga ushbu ishlarning barchasida raqamlashtirish pedagogik texnologiyalarni ilg‘orlashtiradi, o‘quv jarayonining avtomatlashtirilgan monitoringini yo‘lga qo‘yadi va tahliliy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yangi binosini kompleks moddiy-texnik ta’minlash — bu yuridik ta’lim tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish, global huquqiy jarayonlarga integratsiyalashuv, malakali kadrlar tayyorlash va ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Ushbu infratuzilmaviy yondashuvlar ta’limning sifati, ilmiy-tadqiqotlar samaradorligi va yuridik xizmatlar sohasining professional darajasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Ma’muriy-xo‘jalik va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Shayunusova Diloram Rustamovna