+998 71 200 02 35

Xalqaro hamkorlik uchrashuvi

09.12.2025 236

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov Belarus davlat universitetining Sudyalar, prokurorlar va adliya xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Zdrok Oksana Nikolayevna bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, ilmiy-amaliy hamkorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv institutning xalqaro tajribani o‘rganish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarida muhim qadam bo‘ldi.