+998 71 200 02 35

“Qadring baland boʻlsin ona tilim”

14.10.2022 1965

“Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda   “Qadring baland boʻlsin ona tilim”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirdi.

 

Tadbirda  tilshunos va adabiyotshunos olim filologiya fanlari nomzodi Toʻlqin Togʻayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Zikrilla Ne’mat  hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi Otabek Doʻsyarov ishtirok etdilar.

Tadbirda mazkur kunning mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan oʻrni, oʻzbek tilining boyligi va benihoya kuchi,  til — davlat timsoli, mulki ekanligi, tilni asrash, rivojlantirish millatni yuksalishiga olib boruvchi vosita ekanligini ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda ona tilimizning oʻzbek millati va barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtildi.