+998 71 200 02 35

Institutda adliya tizimi rahbar o'rinbosarlari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari davom etmoqda

09.07.2025 19

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida adliya tizimi rahbar o'rinbosarlari uchun malaka oshirish o‘quv kursi boshlandi.

Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi — hududiy adliya boshqarmalarida rahbarlik qilayotgan xodimlarning:

qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan bilimlarini mustahkamlash,

biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish,

huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvlarni qaror toptirishdan iborat.

Kurs doirasida ilg‘or amaliyotlar, interaktiv mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida mashg‘ulotlar olib boriladi