+998 71 200 02 35

Adliya vazirligida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi tashkil etildi

01.07.2024 161

Tanlovda 20 nafar hududiy adliya organlari va muassasalarining eng faol va tashabbuskor yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Birinchi shartda ishtirokchilar maʼlumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari haqida gapirib o'tishdi . Ikkinchi shartda esa ular sohaga oid muayyan muammo yechimiga qaratilgan asoslantirilgan takliflarini taqdimot qilishdi. Oxirgi shartda tanlov ishtirokchilari amaliyotda uchrab turadigan muammoli holat (kazus)ga huquqiy baho berishdi.

Adliya vazirligida tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovida Yuristlar malakasini oshirish markazi yetakchi mutaxassisi Eshpo'latov Behruz munosib ishtirok etdi.

Mazkur tanlov Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni kuchaytirish, ish ko‘nikmalari, tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.