Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov, vazir o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, vazirlik tizimidagi tegishli tashkilot rahbarlari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutning o‘quv jarayoni, moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda professor-o‘qituvchi va xodimlar faoliyati bilan batafsil tanishdilar.
Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘quv tizimi, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yangi yo‘nalishlari taqdimoti o‘tkazildi.
Notarial palata, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, “Oʻzarxiv” agentligi va institut boshqa buyurtmachilarining taklif va tavsiyalari tinglanib, ular bilan doimiy hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari kelishib olindi.
Akbar Tashkulov institut jamoasi bilan suhbat davomida yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini amaliyotga yaqinlashtirish, ilmiy-metodik faoliyatni yanada rivojlantirish, sohaga xalqaro tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Tashrif yakunida Adliya vaziri Institut jamoasining faoliyatini ijobiy baholab, yuridik sohada zamonaviy, malakali va fidoyi mutaxassislarni tayyorlashda yanada samarali ishlashga chaqirdi.
|
|
|
|
![]() |