+998 55 518 57 77

Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursi davom etmoqda

02.07.2026 5

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quv kursi doirasida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Kurs davomida tinglovchilar:
adliya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va ularning ahamiyati hamda ularni amaliyotda qo‘llash;

analitik fikrlash asoslari, huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilish va qaror qabul qilish algoritmlari;
yuridik texnika va hujjat loyihalarini tayyorlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
kasbiy etika, odob-axloq qoidalari, korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
ijro intizomi va nazoratni samarali tashkil etish;
stressga bardoshlilik, emotsional intellekt va nizoli vaziyatlarda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda.


Mazkur o‘quv kursi adliya tizimi xodimlarining zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.