+998 71 200 02 35

O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun "Murojaatlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi va huquqiy asoslari" bo‘yicha qisqa muddatli kurs tashkil etildi.

26.08.2022 1412

Joriy yilning 26-avgust kuni Adliya vazirligining Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi xamkorligida adliya organlari xodimlari uchun “Murojaatlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi va huquqiy asoslari” mavzusida qisqa muddatli elektiv kurslar boʻlib oʻtdi.

Vebinar shaklida boʻlib oʻtgan mashg'ulotlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari ish yuritish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash,  ijro intizomi va nazoratini tashkil etishning huquqiy asoslari hamda oʻziga xos xususiyatlari,  AV.IJRO.UZ tizimi boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻldilar.