+998 71 200 02 35

#bolalar_kuni

22.05.2023 1085

Bolalar har bir mamlakatning ulkan boyligi, katta salohiyatga ega strategik resurslaridan biridir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijtimoiy sohadagi islohotlar bolalar huquqlarini kafolatli ta’minlashga xizmat qiladi.

Joriy yilning 22-may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dotsenti Shaxnoza Ganibaeva ishtirokida Shayxontoxur tumani 10-sonli o‘rta ta’lim maktabida "Bolalar huquqi" mavzusida interfaol uslubda uchrashuv  o‘tkazildi.

Bolalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan mazkur tadbirda bolalarning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma’naviy yetuk avlod bo‘lib yetishishlari uchun Bola huquqlari  to‘g‘risidagi Konvensiya , O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan  bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.