+998 71 200 02 35

Seminar-trening

26.05.2022 1457

 Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati rahbar va mas’ul xodimlarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha  seminar-trening mashgʻulotlari boshlandi.

Mazkur kursning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati rahbar va mas’ul xodimlarining oʻz xizmat majburiyatlarini samarali bajarish, kasbiy malaka va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Oʻquv mashgʻulotlariga Markaz professor-oʻqituvchilari hamda Adliya vazirligining yetakchi amaliyotchi-mutaxassislari jalb qilingan.