+998 71 200 02 35

QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI DELEGATSYASI MARKAZ FAOLIYATI BILAN TANISHDI

08.06.2022 1461

 Joriy yilning 8-iyun kuni Qirgʻiziston Respublikasi Adliya  vazirligi hamda Notarial palatasi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Yuristlar malakasini oshirish markaziga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida delegatsiya a’zolari va Markaz rahbariyati  oʻrtasida "Notariat tizimida mediatsiya instituti" mavzusi boʻyicha muloqot boʻlib oʻtdi.

Mehmonlar Markaz faoliyati bilan bir qatorda  notariuslarning kasbiy malaka oshirish boʻyicha  maxsus oʻquv kurslari bilan tanishdilar.

Delegatsiyaning Markazga tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi boshchiligida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Yuristlar malakasini oshirish markazi  tomonidan 2019-yil 23-sentabrdan 2022-yil 8-iyun kuniga qadar mediatorlarni tayyorlash oʻquv dasturi asosida jami 822 nafar notariuslar mediatorlikka oʻqitildi.