+998 71 200 02 35

Onlayn “Kitobxonlik soatlari” o`tkazildi

02.04.2021 2665

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazida “Kitobxonlik soatlari” o`tkazildi. Mazkur tadbirda ikki buyuk allomalar Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” va Siseronning “Orator” nomli kitoblarini o`qib, mutolaa qilgan Markaz xodimlari o`zaro fikr almashdilar. Keyingi “Kitobxonlik soatlari”da N.Makiavellining “Hukmdor” va Platonning “Gosudarstvo” asarlari bo`yicha muloqot o`tkazilishi rejalashtirildi.