+998 71 200 02 35

“KATTA YOSHLIKLAR AUDITORIYASINI OʻQITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

04.06.2022 1516

Joriy yilning 4-5-iyun kunlari Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (OSCE) Oʻzbekistondagi Loyihalar koordinatori hamkorligida Markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun Toshkent viloyati Edelweiss Hotel & Resort mehmonxonasida  “KATTA YOSHLIKLAR AUDITORIYASINI OʻQITISHNING ZAMONAVIY USULLARI” nomli trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar androgogika tushunchasi, androlog oʻqituvchi faoliyatining asosiy prinsiplari, pedagogik innovatsiya , interaktiv taʼlimning mohiyati, guruh boʻlib ishlash, katta yoshdagilarni oʻqitishning nazariy va amaliy muammolari va ularning yechimi haqida keng maʼlumotga ega boʻldilar.

Seminar-treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.