+998 71 200 02 35

ADVOKAT VA YURISKONSULTLAR UCHUN SAYYOR OʻQUV KURSLARIMIZ YAKUNLANDI

01.07.2022 1467

Joriy yilning iyun oyida Samarqand viloyati advokatlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yuridik xizmati xodimlari uchun ikki haftaga moʻljallangan SAYYOR MALAKA OSHIRISH OʻQUV KURSLARI boʻlib oʻtdi.

Malaka oshirishda 100 ga yaqin tinglovchilar ishtirok etdi.

Mashgʻulotlarga Yuristlar malakasini oshirish markazining yetakchi professor-oʻqituvchilari bilan birga viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasining viloyat hududiy boshqarmasi vakillari va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilindi.

Oʻquv kurslarining samaradorligini oshirish maqsadida “Blits-soʻrov”, “Aqliy hujum”, “Keys-stadi”, “Kichik guruhda ishlash” va boshqa interfaol usullar qoʻllanilib, innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanildi.

Malaka oshirish jarayonida tinglovchilar joylarda qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, muhokama qilish va vakolatli organlarga kiritish tartiblari bilan tanishishdan tashqari, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish, huquqiy baho berish va yechish bilan bogʻliq koʻnikmalarga ega boʻldilar.