+998 71 200 02 35

#xalqaro_hamkorlik

29.11.2022 1353

Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti oʻrtasida 2021-2022-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturi muddatini uzaytirish muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan munozaralar olib borildi.

Tomonlar Hamkorlik dasturini 2023-2025-yillarga uzaytirish va belgilangan tadbirlar yuzasidan ishchi tartibda muhokamalarni davom ettirishga kelishib olishdi.