+998 71 200 02 35

OLTI OYLIK QAYTA TAYYORLASH KURSI KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E'LON QILINDI!

03.12.2025 290

2025-yilning 28-noyabr va 1-2-dekabr kunlari o‘tkazilgan qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.  

Nizom talablariga asosan qabul o‘rinlari doirasida yuqori ball olgan 100 nafar (o‘zbek guruhi) talabgorlar o‘qishga tavsiya etildi.  

Imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlar 2025-yil 9-12-dekabr kunlari to‘lov shartnomalarini rasmiylashtirish yuzasidan Institutning Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘limiga (+99891 191-47-84) murojaat qilishlari shart.

Institut imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qilinmagan talabgorlar qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori imtihon natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha

(16 713 604 so‘m) qabul kvotalari chegarasiga:

   1 ball yetmaganlar uchun – 17 713 604 so‘m;

   2 ball yetmaganlar uchun – 18 713 604 so‘m;

   3 ball yetmaganlar uchun – 19 713 604 so‘m;

   4 ball yetmaganlar uchun – 20 713 604 so‘m;

   5 ball va undan ko‘p ball yetmaganlar uchun 35 000 000 so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan talabagorlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng Institut direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Kurslarda o‘quv jarayonlari 2026-yilning yanvar-iyul oylarida bevosita auditoriya mashg‘ulotlari shaklida tashkil etiladi.

NATIJALARNI KO'RISH