+998 71 200 02 35

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” da sayyor mashg'ulotlar boshlandi

27.09.2023 760

Joriy yilning 26-27-sentabr kunlari “Halollik vaksinasi bilan yalpi emlash” tamoyili asosida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi dasturi asosida  “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi mas’ul rahbar va xodimlarining malakalari oshirilmoqda.

Mashg'ulotlar Markaz professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida bo'lib o'tmoqda.

Jumladan, o'quv kurslarining navbatdagi  "Ish faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olishda ichki (komplaens) nazorat tizimining o‘rni" mavzusidagi mashg'ulotimiz  

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi bosh maslahatchisi T.Safarov  ishtirokida bo'lib o'tdi.