+998 71 200 02 35

Markaz professor-o'qituvchilari sayyor tadbirlarda

15.11.2023 468

Mahalla raislari va xotin-qizlar faollarining mediatsiya usulini qoʻllash sohasidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida, Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari ishlab chiqilgan.

Mazkur kurs doirasida joriy yilning 14-noyabr kuni Markaz dotsenti Sevarxon Maripova va kafedra o'qituvchisi, psixolog Dilbar Xojimuxamedovalar ishtirokida Toshkent viloyatidagi оilaviy ajrim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.  Unda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlari faollari ishtirok etishdi.