+998 71 200 02 35

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlarining yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish

02.11.2023 661

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Mintaqaviy Muloqot” (Sloveniya) nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 31-oktabr va 1-2-noyabr kunlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlarining yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv-seminarlari tashkil qilindi.

 

Tadbirda davlat organlari, muassasalari, korxonalari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi vakolatlari, yer uchastkalarini ajratish asoslari va tartibi, yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari hamda “E-qaror” elektron tizimida yerga oid qarorlarni mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.