+998 71 200 02 35

#kitobxonlik_soati

03.11.2022 1748

Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Aslida kitob – umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst hisoblanadi. Shu oʻrinda har bir inson qaysi mazmundagi kitoblar qiziqtirgani  va oʻtgan umri davomida qancha kitob oʻqiganini sarhisob qilib koʻrsa kitob unga haqiqatan ham najotkor va yaqin  doʻst boʻlganligini anglab yetadi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida  "Kitobxonlik soatlari" oʻtkazish an’anaga aylangan. Navbatdagi tadbirimiz davomida kitobxonlar oʻzlari sevib mutolaa qiladigan asarlari haqida oʻz fikr muloxazalari bilan boʻlishdilar. 

Kitob oʻqigan inson, qaysi sohada ishlamasin, toʻgʻri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish koʻnikmasiga ega boʻladi.