+998 71 200 02 35

Ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda

22.02.2024 266

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2024-yil 23-fevral kuni kuni soat 10.00 da Markaz binosida “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING  JINOIY-HUQUQIY ASPEKTLARI”  

 mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda. 

Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:  

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jinoyat qonunchiligini qo‘llash masalalari;

Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid ayrim jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari; 

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; 

Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish masalalari; 

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.